Evropaning eng qadimiy obidalaridan biri 3 oylik karantindan so‘ng qayta ochildi

Evropaning eng qadimiy obidalaridan biri 3 oylik karantindan so‘ng qayta ochildi

Italiya poytaxti Rim shahridagi qadimiy Kolizey amfiteatri 3 oylik karantindan so‘ng 1 iyun kuni sayyohlar uchun o‘z eshiklarini qayta ochdi.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, amfiteatrga bir kunda 300 nafargacha sayyoh tashrif buyurishi mumkin. Binoga kiraverishda haroratni o‘lchash skanerlari, dezinfeksiya vositalari, ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilish uchun belgilar qo‘yilgan bo‘lib, bu tarixiy obidaga tashrif buyuruvchilar xavfsizligini imkon qadar ta’minlashga yordam beradi.

“Kolizeyni 3 oylik karantin davrida ko‘rish g‘ayritabiiy holat edi. U Rim va Italiyaning ramzi hisoblanadi. Ammo “bo‘shliq” hissi uning go‘zal husniga zarar yetkazdi”, deydi amfiteatr direktori Alfonsina Russo.

Dastlab, har 15 daqiqada 14 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruhlar Kolizeyga kirishi mumkin.

Tur o‘rtacha 45 daqiqa yoki 1 soat davom etadi. Bunda barcha tashrif buyuruvchilardan niqobda bo‘lishi talab etiladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!