Evropa Kengashi Yevropa Ittifoqining yangi rahbarlarini sayladi

Evropa Kengashi Yevropa Ittifoqining yangi rahbarlarini sayladi

Evropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchilari Bryusseldagi sammitda ittifoqning asosiy institutlarining yangi rahbarlariga ovoz berdi.

Ovoz berish natijasida Ursula fon der Lyayen Yevrokomissiya raisi bo‘lib qoladi, Yevropa kengashiga Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Koshta, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmatiga esa Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas rahbarlik qiladi.

Ularning nomzodlarini ma’qullash uchun kengaytirilgan malakali ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatlashi zarur edi. Bunga bir vaqtning o‘zida ikkita shartni bajarish orqali erishiladi: 27 a’zo davlatdan kamida 20 tasi (72%), Yevropa Ittifoqi aholisining kamida 65 foizi taklif uchun ovoz berishi kerak.

Endilikda nomzodlar Yevroparlament tomonidan tasdiqlanishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!