Etuk muhaddis olim O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Etuk muhaddis olim O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Muhaddis olimlardan biri Shayx Muhammad ibn Avvoma hafizahulloh O‘zbekistonga tashrif buyurdi.Bu haqda O‘MI Matbuot xizmati xabar bermoqda. Alloma, muhaqqiq, muhaddis-shayx Muhammad ibn Muhammad Avvoma 1940 yil 1 yanvarda Suriyaning Halab shahrida tug‘ilgan.

Shayx Abdulloh Sirojiddin hazratlaridan ta’lim olgan. 1957 yildan esa, alloma, fazilatli  shayx Muhammad Abdulfattoh Abu G‘udda rohimahullohdan ham dars ola boshlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ikki ulug‘ allomalar Muhammad Avvomaning asosiy ustozlari bo‘lib, u ushbu ikki zotning xos va eng ilg‘or shogirdiga aylangan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!