Ertaga Yakkasaroy tumanining ayrim hududlarida ichimlik suvi o‘chiriladi

Ertaga Yakkasaroy tumanining ayrim hududlarida ichimlik suvi o‘chiriladi

Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ tomonidan suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. 

Shu munosabat bilan 12 oktyabr soat 09:00 dan 13 oktyabr 09:00 ga qadar Yakkasaroy tumanidagi ayrim iste’molchilarga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi:

- Bobur ko‘chasidagi 18, 20, 22, 24, 24a, 26, 28, 32, 40, 40b, 40v–sonli ko‘p qavatli uylarda;
- Shohjahon ko‘chasidagi 1, 1a, 1b, 2, 3, 4a, 10, 14, 15, 17, 17a-sonli ko‘p qavatli uylarda;
- Jamshid Shoshiy ko‘chasidagi 2, 4, 6, 8-sonli yotoqxonalarda;
- Jamshid Shoshiy 2-tor ko‘chasidagi 3, 4, 5, 8-sonli ko‘p qavatli uylarda;
- Askiya ko‘chasidagi 3, 2, 20a, 22, 24, 25, 28, 30, 32, 34, 36, 40, 42-sonli ko‘p qavatli uylar va xususiy xonadonlarda;
- Rakat ko‘chasidagi 5, 6, 7, 30, 32-sonli ko‘p kavatli uylarda;
- Belariq ko‘chasidagi 4, 8, 10, 28-sonli ko‘p qavatli uylarda;
- O‘rikzor kuchasidagi 1, 3, 9, 10, 49, 140, 142, 149, 151, 153, 157, 159- sonli ko‘p qavatli uylarda;
- Nosir Umrzoqov, M.Tursunov, At-Termiziy, Hamza Umarov, Abdulla Avloniy ko‘chalaridagi xususiy xonadonlarda;
- Jamshid Shoshiy va O‘rikzor ko‘chalari va tor ko‘chalarida.

Suv bo‘lmagan mahallalarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 256-10-95, (71) 252-55-78, (71) 252-60-08, 1054.

“Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ noqulayliklar uchun uzr so‘raydi", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!