Eronlik ayollarga JCH-2022 saralashida stadionlarga kirishga ruxsat beriladi

Eronlik ayollarga JCH-2022 saralashida stadionlarga kirishga ruxsat beriladi

Eron futbol federasiyasi JCH-2022 saralash bosqichi o‘yinlarida ayollarning stadionlarga kirishlariga ruxsat berishga rozi bo‘ldi.

Bugun FIFA Janni Infantinoning maktubiga Eron futbol federasiyasi rahbari Mehdi Tojdan ijobiy javob xati olinganini ma’lum qildi.

Biroq qaror kuchga kirishi uchun mamlakat hukumatining ruxsati ham kerak bo‘ladi.

Eronda 1979 yilgi Islom inqilobidan so‘ng 1981 yildan boshlab ayollarning stadionlarga kirishlari taqiqlangan.

Eron termasi JCH-2022 saralash bosqichida Iroq, Bahrayn, Kamboja va Gongkong bilan bir guruhda o‘ynaydi.

Manba: stadion. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!