Eron qamoqxonalarida qatllarga norozilik bildirish maqsadida ochlik e’lonlari o‘tkazilmoqda

Eron qamoqxonalarida qatllarga norozilik bildirish maqsadida ochlik e’lonlari o‘tkazilmoqda

Eronning 11 ta qamoqxonasida o‘lim hukmlariga norozilik sifatida ochlik e’lon qilindi. Bu haqda «Iran International» nashri xabar tarqatdi, deb yozadi «Report» .

Yaponiyalik Mey Sato BMTning Erondagi inson huquqlari bo‘yicha yangi ma’ruzachisi etib tayinlangani xabar qilingandi. U o‘z vazifasini 16 iyuldan boshlagan. Shundan kelib chiqib, «Chorshanba kuni qatl yo‘q» aksiyasi ishtirokchilari undan Eronda o‘lim jazosi ijrosi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratishni so‘ragan.

Aksiyalarga Evin, Karaj, Xurramobod, Tabriz, Xoy, Nageda, Saqqez, Mashhad qamoqxonalaridagi mahbuslar ham qo‘shildi.

Qayd etish kerakki, bu kampaniya Vafo Azarbara, Muhammad Faramarziy, Pecman Fotehiy va Mohsin Mazlumiyning qatl etilishiga qarshi norozilik sifatida boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!