Parijda “erkak” bokschiga qarshi jang qilgan Sitora Turdibekova “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Parijda “erkak” bokschiga qarshi jang qilgan Sitora Turdibekova “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

"O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan bokschi Sitora Turdibekova "Jasorat" medali bilan mukofotlandi.

Avvalroq Sitora Turdibekovaga Olimpiya o‘yinlarida ishtiroki uchun tadbirkor tamonidan 1 xonali uy sovg‘a qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Sitora Turdibekova Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarida jinsi bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan tayvanlik bokschi Lin Yu Ting bilan jang qilib, yutqazgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!