Erdo‘g‘on favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi

Erdo‘g‘on favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘zining ittifoqdoshi, Turkiya milliy partiyasi (MPR) rahbari Devlet Bahchelini davlat to‘ntarishiga urinish ehtimoli haqida ogohlantirgach, huquqni muhofaza qilish organlari va Adliya vazirligi rahbarlari bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu haqda Türkiye gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Anqara xavfsizlik departamentida bir qator polisiya xodimlarining ishdan bo‘shatilishi mamlakatda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ular “Ayxan Bora Kaplan” jinoiy tashkiloti bilan aloqadorlikda ayblanmoqda. Ularning uylari tintuv qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!