Erdo‘g‘an Isroil bilan savdo aloqalari tugaganini e’lon qildi

Erdo‘g‘an Isroil bilan savdo aloqalari tugaganini e’lon qildi

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on G‘azo sektoridagi vaziyat tufayli mamlakat Isroil bilan faol savdo aloqalariga ega emasligini aytdi, deb xabar bermoqda TRT-Haber&.

«Biz endi Isroil bilan intensiv savdo aloqalarini davom ettirmayapmiz, bu ish tugadi. Bu haqda mening tashqi ishlar vazirim yaqinda ma’lum qildi», — dedi Erdo‘g‘on Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

9 aprel kuni Turkiya Sanoat va savdo vazirligi Isroilga po‘lat va alyuminiy mahsulotlari, elektr kabellari, bo‘yoqlar, laklar, reaktiv yoqilg‘isi, moylar, ayrim turdagi o‘g‘itlar va sanoat uskunalari kabi 54 toifadagi tovarlar eksportini chekladi. Cheklovlar G‘azo sektorida harbiy harakatlar to‘xtatilgunga qadar amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!