Erdog‘an ilk bor Misr prezidenti bilan uchrashdi

Erdog‘an ilk bor Misr prezidenti bilan uchrashdi

Turkiya va Misr prezidentlari Rejep Tayyip Erdog‘an va Fattax as-Sisi yakshanba kuni ilk bor uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar tarqatdi Anadolu agentligi.

Ularning uchrashuvi Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilishiga bag‘ishlangan marosim jarayonida bo‘lib o‘tdi. Xabarda aytilishicha, uchrashuv juda tez o‘tgan. Ikki mamlakat yetakchilari salomlashgan va bir-biriga qo‘l berishgan.

Turkiya bilan Misr munosabatlari 2013 yilda harbiylar tomonidan Muhammad Mursi prezidentlikdan chetlashtirilgandan keyin buzilgan edi. Ushbu voqeadan keyin mamlakatlar o‘zlarining elchilarini chaqirib oldi. O‘shanda Erdog‘an as-Sisini bir necha bor "tiran", deb atagan edi. Anqara 2013 yil iyul oyi voqealarini “harbiy to‘ntarish” sifatida baholab keladi.

2021 yil mart oyida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Anqara va Qohira o‘rtasida diplomatik darajada aloqalar yo‘lga qo‘yilyotgani haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, u munosabatlarni to‘liq yo‘lga qo‘yish uchun vaqt kerakligini ham ta’kidlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!