Erdog‘an bilan Bayden Nyu-Yorkda uchrashishi mumkin

Erdog‘an bilan Bayden Nyu-Yorkda uchrashishi mumkin

Turkiya va AQSh prezidentlari Rejep Tayyip Erdog‘an bilan Jo Bayden kelasi oyda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasi majlisi doirasida uchrashuv o‘tkazishi mumkin, deb yozmoqda Sabah gazetasi manbalarga tayanib.

"Turkiyaning AQShdan F-16 samolyotlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralari anchadan buyon davom etmoqda. Ushbu masala kelasi oyda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT sammitida Turkiya yetakchisining Oq uy rahbari bilan uchrashganida ko‘tarilishi mumkin", - deyiladi gazeta bergan xabarda.

Turkiya AQShdan 40 ta F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olishni va yana o‘zidagi 80 ta shunday samolyotni modernizasiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu masalada prezident Jo Bayden kongress sanksiyasiga umid qilayotganini ta’kidlagandi. Biroq bir guruh kongressmenlar F-16 qiruvchi samolyotlarni Turkiyaga sotishga qarshi ekanini ma’lum qilgan. Qolaversa, ushbu kelishuvga Gresiya ham faol to‘sqinlik qilmoqda. Bu hatto, Erdog‘an bilan Gresiya bosh vaziri Kiriakos Misotakis munosabatlariga sovuqchilik tushishiga ham sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!