Erdog‘an BAA va Misrga tashrif buyuradi

Erdog‘an BAA va Misrga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ushbu davlatlar rahbariyatining taklifiga binoan 12-13 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga, 14 fevralda esa Misr Arab Respublikasiga rasmiy tashrif bilan boradi.

Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi bayonotida aytiladi.

Xabarga ko‘ra, Turkiya rahbari 13 fevral kuni Dubayda bo‘lib o‘tadigan «Kelajak hukumatlarini shakllantirish» mavzusidagi Jahon hukumati sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.

Forumda turli mamlakatlardan davlat va hukumat tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor, ilmiy va biznes hamjamiyatlari, fuqarolik jamiyati, tahlil markazlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Sammit doirasida Turkiya davlat rahbarining ishtirokchi davlatlardagi hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Erdo‘g‘on BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zayed Al Nahayon bilan muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Bayonotga ko‘ra, Turkiya Prezidentining Qohiradagi uchrashuvlarida Turkiya va Misr o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va yuqori darajadagi ikki tomonlama hamkorlik mexanizmlarini faollashtirish kontekstida tashlanishi kerak bo‘lgan qadamlar muhokama qilinadi.

Bo‘lajak maslahatlashuvlar kun tartibidan dolzarb global va mintaqaviy muammolar, xususan, Isroilning G‘azo sektori va bosib olingan Falastin hududlaridagi tajovuzlari yuzasidan fikr almashish o‘rin olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!