Endi O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talab etilmaydi

Endi O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talab etilmaydi

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun (O‘RQ-696, 14.06.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

ℹ️ Qonunga “identifikasiyalovchi ID-kartasi” tushunchasi kiritildi.

🇺🇿 O‘zgartirishga ko‘ra, 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

☑️ Shuningdek, ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

➡️ Qonunga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish uchun faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.

❗️Bundan tashqari, O‘zbekiston hududida tug‘ilgan va yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olish maqsadida iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar 5 yil davomida (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e’tiboran) uzluksiz yashash sharti bekor qilinishi belgilandi.

▫️Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!