«Endi yer faqat auksionda sotiladi yoki ijaraga beriladi» — Shavkat Mirziyoyev

«Endi yer faqat auksionda sotiladi yoki ijaraga beriladi» — Shavkat Mirziyoyev

Bu haqda ayni vaqtda prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektorda ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

«Agar har bir hudud rahbari tizimni tushunib ishlay olsa, ishsizlar keskin kamayadi. Bosh vazir o‘rinbosarlariga talab qattiq bo‘ladi. Mana ko‘ryapsizlar, Samarqandda, Farg‘onada “er sotuvchilar” paydo bo‘ldi. Pora bilan qo‘lga tushyapti. Bo‘ldi, u zamon tugadi. Endi yer faqat auksionda sotiladi yoki ijaraga beriladi. Kimga yer kerak bo‘lsa, davlat auksionida qatnashsin, haloli bo‘lsin, yerni sotib olsin», — dedi davlat rahbari.

U shuningdek, Surxondaryoda boshlanayotgan tajriba asosida, ishsiz aholiga qishloq xo‘jaligi yerlarini 10 yil muddatga dehqonchilik qilish uchun ijaraga berilishi, 2021 yildan boshlab qariyb 100 ming gektar g‘alladan bo‘shagan yer aholiga taqdim etilishini qayd etgan.

«Bu tarixiy imkoniyat bo‘ladi. Yerni haqiqiy egasi - xalqqa beramiz», — deya ta’kidladi prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!