«Emmi» mukofoti nominantlari ma’lum bo‘ldi

«Emmi» mukofoti nominantlari ma’lum bo‘ldi

«Emmi-2021» mukofoti nominantlari e’lon qilindi. 73- taqdirlash marosimi 19 sentyabrda Los-Anjelesda o‘tkaziladi, deb xabar beradi Euronews.

Netflixning «The Crown» va «Disney+» striming servisining «The Mandalorian» teleseriallari ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda: ularning har biriga 24 nominasiya tegishli.

«Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa» yo‘nalishidagi mukofotga «The Crown» seriali aktrisalari Oliviya Kolman men Emma Korrin tavsiya qilindi.

Ular ikkinchi Yelizaveta qirolicha va Diana xonim rollarini ijrot qilishgan.

«The Mandalorian» – ilk o‘yin seriali, «Star wars» filmlar tarmog‘ining tarkibiy qismi.

Serial syujeti «Return of the Jedi» filmidagi voqealardan besh yil o‘tgan so‘ng yuz beradi.

Bosh rolni – yolg‘iz ovchi Din Djarinni Pedro Paskal o‘ynagan.

1990 yildan beri WarnerMedia bo‘limi – HBO (Home Box Office) kabel va sputnik televizor tarmoqlari o‘rtasida nominasiyalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Uning hissasida 130 nominasiya mavjud.

«Eng yaxshi komediya seriali» yo‘nalishidagi mukofotga 8 kartina tavsiya etilgan: «Black-ish», «Cobra Kai», «Emily in Paris», «The Flight Attendant», «Hacks», «The Kominsky Method», «PEN15», «Ted Lasso».

«Eng yaxshi mini-serial» mukofoti uchun «The Queen's Gambit», «I May Destroy You», «Mare of Easttown», The «Underground Railroad» va «WandaVision» seriallari bahslashadilar.

«Emmi» (Primetime Emmys) – Televizor ekranidagi eng yaxshi ishlarga beriladigan eng nufuzli mukofotlardan biri.

Qo‘lida ramziy atom ushlagan qanotli ayol shaklidagi oltin haykalchalarni Televizor san’ati va olimlari akademiyasi topshiradi.

Qarorni uning 23 mingga yaqin a’zosi qabul qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!