Ellikqal’ada sportchi qizga Spark avtomobili topshirildi

Ellikqal’ada sportchi qizga Spark avtomobili topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Nafosat to‘yxonasida 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda sportchi qiz mukofotlandi. Bu haqda KRuz.uz xabar berdi.

Serbiya davlatida o‘tkazilgan jahon chempionatida sportning sambo turi bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan Guldursun ovul fuqarolar yig‘inidan Mohigul Komiljonovaga tuman hokimligi tomonidan homiylarning Spark avtomobili topshirildi.

Shu kuni kurash bo‘yicha vatanparvarlik oyligi doirasida musoboqa o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!