“Elektrtarmoqqurilish” AJ 38 nafar sobiq xodimining ish haqini bermagani ma’lum bo‘ldi

“Elektrtarmoqqurilish” AJ 38 nafar sobiq xodimining ish haqini bermagani ma’lum bo‘ldi

Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan, qarzdor “Elektrtarmoqqurilish” AJdan undiruvchilar davlat, soliq va banklar, shuningdek, sobiq xodimlar va tashkilotlar foydasiga qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan ijro ishlari qo‘zg‘atilgan.  

Bo‘lim ish yurituvida Iqtisodiy sudlarining ijro varaqalariga asosan, qarzdor “Elektrtarmoqqurilish” AJ va uning quyi tashkilotlaridan undiruvchi davlat foydasiga 35 ta ijro hujjati bo‘yicha 10 mlrd. 100  mln. 223  ming 415 so‘m boqimanda, 73 ta ijro hujjati bo‘yicha 395 mln.  334 ming 100 so‘m davlat boji, 38 nafar sobiq  xodimlar  foydasiga 154 mln. 856 ming 343 so‘m ish haqi, 53 ta AJ, MCHJ, QK, HKlar foydasiga 13 312 062 730 so‘m va 2 353 534 AQSh dollari miqdorida qarz undirish haqidagi ijro ishlari mavjud.  MIB Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor “Elektrtarmoqqurilish” AJga xizmat ko‘rsatuvchi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Shahriston filialiga qaror va inkasso topshiriqnomalari yuborilgan. Bankdan olingan javob xatiga ko‘ra, qarzdor “Elektrtarmoqqurilish” AJning hisob raqamlarida pul mablag‘lari bo‘lmaganligi sababli, undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik summalari K-2ga kirim qilinganligi malum qilingan.

Mazkur ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida majburiy ijro harakatlari olib borilib, qarzdorga tegishli mol-mulklar xatlangan va qonunda belgilangan tartibda realizasiya qilish choralari ko‘rilgan. Shu jumladan, qarzdor “Elektrtarmoqqurilish” AJga tegishli bo‘lgan Chilonzor tumani, Chorbog‘ ko‘chasida joylashgan baza va bino inshootlari xatlanib, 17 mlrd. 086 mln.  190 ming  so‘mga narxlanib, onlayn auksion savdolariga sotuviga chiqarilgan. Ushbu baza va bino inshootlari joriy yilning 7 sentyabr kuni onlayn auksion savdolarida sotilib, savdodan tushgan 11 mlrd. 106 mln.  009 ming 850 so‘m pul mablag‘lari tegishli tartibda undiruvchilar foydasiga o‘tkazib berilgan.  Shundan   Yakkasaroy tuman DSIga 6 mlrd. so‘m miqdorida, Qibray tuman DSIga esa  4 mlrd. so‘m miqdorida soliq qarzdorliklari qoplangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!