Eldor Shomurodov: «Guruhda 1-o‘rin bilan keyingi bosqichni chiqishni istaymiz»

Eldor Shomurodov: «Guruhda 1-o‘rin bilan keyingi bosqichni chiqishni istaymiz»

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov Turkmanistonga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Jamoada muhit yaxshi. Barcha yigitlar ertangi o‘yinga tayyor. JCH-2026 saralash bosqichidagi ilk o‘yinimiz oson bo‘lmaydi. Turkmaniston yaxshi jamoa ekanini bilamiz. Biz esa o‘z oldimizga jahon chempionatiga chiqishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Shuning uchun faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Guruh haqida nima deyish mumkin? Eronning kuchini barcha yaxshi biladi. Ular guruh favoriti hisoblanadi. Biz esa JChga borishni istar ekanmiz, guruhda 1-o‘rinni egallashni xohlaymiz", — dedi Shomurodov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!