Dunyoning eng nufuzli insonlari reytingida Putinga joy topilmadi

Dunyoning eng nufuzli insonlari reytingida Putinga joy topilmadi

Time dunyoning eng nufuzli insonlarining navbatdagi reytingini tuzdi. Ro‘yxatdan 100 kishi joy olgan. E’tiborlisi, bu safar reytingga Rossiya prezidenti Vladimir Putin kiritilmagan, biroq unda Uhan virusologiya institutining yetakchi mutaxassislaridan biri  Shi Chjenli paydo bo‘lgan. 

Ro‘yxatdan siyosatchilar, sportchilar, olimlar, shou-biznes yulduzlari, huquq himoyachilari va boshqalar joy olgan. Ular “Titanlar”, “Novatorlar”, “San’at namoyandalari”, “Etakchilar”, “Kumirlar” kabi toifalarga bo‘lingan. 

“Etakchilar” toifasiga Germaniya kansleri Angela Merkel, AQSh prezidenti Donald Tramp va uning saylovlar bo‘yicha raqibi Jo Bayden, Xitoy raisi Si Szinpin, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen, AQSh vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, Parij meri Ann Idalgo, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus, AQSh bosh prokurori Uilyam Barr, AQShning allegrik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi va boshqalar kiritilgan.

Time “Titanlar”ga Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshanni, Google bosh direktori Sundar Pichaini, dunyoning eng badavlat odami Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skottni, Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgiyevani, “Formula-1” avtopoygalarining 6 karra chempioni Lyuis Hemiltonni kiritgan.

“Novatorlar” toifasidan NASA astronavtlari Jessika Meyr va Kristina Kuk, Uhan virusologiya institutining yetakchi virusologlaridan biri Shi Chjenli va boshqa kishilar joy olgan.

“San’at namoyandalari”ga “Parazitlar” filmi uchun 2020 yilgi “Oskar” mukofotining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan janubiy koreyalik rejissyor Pon Chjun Xo, xonanda Selena Gomez, violonchelchi Yo Yo Ma va boshqalar kiritilgan.

“Kumirlar” toifasida esa irqchilikka qarshi Black Lives Matter harakati asoschilari, huquq himoyachisi Anjela Devis, tennischi Naomi Osaka va boshqalar taqdim etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!