Dunyodagi eng keksa ofis menejeri Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

 Dunyodagi eng keksa ofis menejeri Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

90 yoshli yapon ayoli 65 yil davomida bir joyda ishlagan. U kompyuterda ishni bajarib, "Facebook" uchun smartfonidan foydalanadi. Ayol endi Ginnesning rekordlar kitobi veb-saytiga ko‘ra dunyodagi eng keksa ofis menejeriga aylanganligi to‘g‘risida guvohnomaga ega.

Yasuko Tamaki 1930 yil 15 mayda tug‘ilgan. U "Sunco Industries" savdo kompaniyasida 1956 yildan beri ishlaydi. Keksa xodim kompyuter dasturlari bilan yaxshi tanish. Uning vazifalari kompaniya ishchilari uchun ish haqi va mukofotlarni hisoblash.

Rekord egasi odatdagidek ishlaydi: haftaning besh kunida kuniga yetti yarim soat. Maxsus guvohnomani taqdim etish paytida u nafaqaga chiqmasligini tan oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!