Dunyodagi eng gavjum aviayo‘nalish ma’lum qilindi

Dunyodagi eng gavjum aviayo‘nalish ma’lum qilindi

Seul va Koreya bo‘g‘ozidagi Chejudo orolida joylashgan Cheju shahri o‘rtasidagi aviareys dunyodagi eng gavjum aviayo‘nalish bo‘ldi. Bundan Routes aviasion onlayn-servisi ma’lumotlari darak bermoqda

Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda bu yo‘nalish bo‘yicha 13 mlndan ko‘proq odam parvoz qilgan. Ta’kidlanishicha, Seuldan Chejuga har kuni 180 ga yaqin reys jo‘natilgan.

Bir yil avval ham ushbu yo‘nalish eng yuklangan yo‘nalish deb topilgan. 2017 yildan beri yo‘nalish ommaviyligi 10 foizga oshgan. 

Reytingda 2-o‘rinni Melburn-Sidney yo‘nalishi egallagan. 2017 yilda bu yo‘nalishdan 9 mlndan ko‘proq yo‘lovchi foydalangan. 3-o‘rinni Yaponiyaning yirikligi bo‘yicha 4-raqamli shahri Sapporodan Tokiogacha yo‘nalish egallagan. Bu yo‘nalishdan 8,7 mln kishi foydalangan. 

Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, dunyoning eng yuklangan 100 yo‘nalishiga bor-yo‘g‘i 18 ta xalqaro yo‘nalish kiradi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!