Dunyo bo‘ylab quyosh energiyasi gidroenergetikani ortda qoldirdi — hisobot

Dunyo bo‘ylab quyosh energiyasi gidroenergetikani ortda qoldirdi — hisobot

Qayta tiklanadigan energiya manbalari ichida 2023 yilda quyosh energiyasi yetakchilik qildi. O‘tgan yillar davomida gidroenergetika bu borada yetakchi edi. “Chegara bilmas daryolar” xalqaro ekologik koalisiyasi ekspertlari o‘zining tegishli hisobotini e’lon qildi.

Ekspertlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarida elektroenergetikani rivojlantirish strategiyasini tanlashda yangi statistik hisob-kitoblar dolzarbdir. O‘tgan 2023 yilda quyosh fotovoltaiklari qayta tiklanadigan energiya manbalarining barcha turlari orasida yetakchiga aylandi. Uning global qayta tiklanadigan energiya parkidagi ulushi 37 foizni tashkil qildi.

2023 yil davomida qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Yil davomida dunyo bo‘ylab 473 gigavatt qayta tiklanadigan energiya o‘rnatildi, bu esa dunyoning qayta tiklanadigan energiyaning umumiy quvvatini 3,870 gigavattga yetkazdi. 2023 yilda ishga tushirilgan yangi elektr quvvatlarining 86 foizi qayta tiklanadigan energiya manbalari hissasiga to‘g‘ri keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!