Donald Trampning qizi internet-memga aylandi (foto)

Donald Trampning qizi internet-memga aylandi (foto)

AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp Osakadagi G20 sammitiga tashrif buyurganidan so‘ng internet-memga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda aynan unga o‘rin yo‘q holatlar tasvirlangan eng muhim tarixiy voqealar ishtirokchisi qilib ko‘rsatilgan. Quyida ana shu memlardan namunalar keltirildi.

Ivanka Tramp 1945 yilda Yaltada o‘tkazilgan konferensiyada Cherchill, Ruzvelt va Stalinga assistentlik qilmoqda. Jahon yetakchilari bundan norozi.

Ivanka Tramp Mixail Gorbachyov va Ronald Reyganning 1985 yilda Jenevadagi uchrashuvida.

Olim Albert Eynshteyn, sandaliy sotuvchisi Devid Rotman va bu yerda ortiqcha bo‘lgan Ivanka Tramp — 1939 yil.

Osmono‘par binodagi tushlik. 1932 yil. Ivanka Tramp esa bu yerga adashib kelib qolgan. Bu «Tramp minorasi» emas.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!