Diqqat! Buxorolik 14 yoshli qiz qidirilmoqda

Diqqat! Buxorolik 14 yoshli qiz qidirilmoqda

2006 yilda tug‘ilgan, Buxoro viloyati, “Dilobod-Zafarobod” MFY manzili bo‘yicha yashovchi Abdurahmonova Madinabonu Jahongir qizi 2020 yil 9 iyul kuni taxminan soat 06.00 da uyidan chiqib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar tarqatdi.

"Belgilari: bo‘yi 160 sm, ko‘zlari qora, sochlari to‘q jigar rang. 
Kiyimlari: havo rang ko‘ylak, qora shim. Yonida qora ayollar sumkasi bor edi.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Agar siz Madinobonu Abduraxmonovani ko‘rgan bo‘lsangiz yoki uning turar joyi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni so‘raymiz: +99865-220-40-99; +99865-220-40-30; +99865-224-52-49 (Buxoro viloyati IIB), 71-232-30-40, 71-232-40-50 (Toshkent shahar IIBB) yoki 102", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!