Departament xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan korxona rahbari ushlandi

Departament xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan korxona rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim inspektori D.A.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda T.Q.S SHK rahbari T.M. o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan korxonaning 353,6 million so‘mlik va o‘g‘li E.M.ga tegishli D.Q.S MCHJ faoliyatida yo‘l qo‘yilgan 560,6 million so‘mlik juda ko‘p miqdordagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlanganligi holati bo‘yicha ularga chora ko‘rmaslik va yengillik berish evaziga D.A.ning xizmat xonasida, unga 2000 AQSh dollarini pora tariqasida bergan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan T.Q.S SHK rahbari T.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!