Davlat rahbari Italiya, Fransiya va Monakoga borishni rejalashtirmoqda

Davlat rahbari Italiya, Fransiya va Monakoga borishni rejalashtirmoqda

XXR raisi Si Szinpin 21 martdan 26 martga qadar Italiya, Fransiya va Monakoga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lu Kan ma’lum qildi.

Italiya prezidenti Serjo Mattarella, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Monako shahzodasi Alber IIning taklifiga ko‘ra, Si Szinpin 21 martdan 26 martgacha davlat tashrifi bilan uch davlat bo‘ladi , deyiladi vazirlikning saytida.

Yig‘ilishda nimalar muhokama qilinishi haqida ma’lumot berilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!