Dahshat! Namangandagi bog‘chada 5 yashar bola issiq suvda kuyib, vafot etdi

Dahshat! Namangandagi bog‘chada 5 yashar bola issiq suvda kuyib, vafot etdi

Namangan viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarida voyaga yetmagan U.U.Xoshimovning extiyotsizligi oqibatida kuyib vafot etganligi holati yuzasidan e’lon qilingan video material yuzasidan bayonot berdi.
"Davlatobod tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 
31-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan, 2015 yilda tug‘ilgan Xoshimov Ulug‘bek Umarxon o‘g‘li 05.02.2021 yil kuni o‘zini extiyotsizligi natijasida muassasa issiq suv tizimidagi issiq suv jumragini ochib yuborishi natijasida 2-darajali 65% kuyish tan jaroxatini olib viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga yotqizilgan.
Voyaga yetmagan U.U.Xoshimov 27-fevral 2019 yildan buyon ushbu muassasada aqliy rivojlanishi orqada qolish tashxisi bilan tarbiyalanayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan voyaga yetmagan fuqaro U.Xoshimov kuyish natijasida olgan tan jaroxatlari oqibatida 24.02.2021 yil kuni vafot etgan.
Namangan viloyat STEBning 24.02.2021 yilgi 70-sonli xulosasida, marhum U.Xoshimovning o‘limi - qaynoq suvdan bosh, yuz va tananing boshqa qismlarining 2,3-darajali 70% kuyishi asorati natijasida poliorgan yurak qon-tomir yetishmovchiligi natijasida o‘limga olib kelganligi va murda tanasida kuyishdan boshqa tan jarohatlari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holatga tergov yo‘li bilan baxo berish zaruriyati tug‘ilganligi sababli, O‘zb. Res. JKning 116-moddasi 3-qismi, 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Natijalari haqida ma’lum qilinadi", deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!