Coca-Cola Microsoft bulutli xizmatlari va uning sun’iy intellektidan foydalanishi uchun 1,1 milliard dollar to‘lagan

Coca-Cola Microsoft bulutli xizmatlari va uning sun’iy intellektidan foydalanishi uchun 1,1 milliard dollar to‘lagan

Coca-Cola Microsoft bilan bulutli hisoblash va sun’iy intellekt xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha besh yillik 1,1 milliard dollarlik shartnoma imzoladi.

Kelishuvga ko‘ra, Microsoft va Coca-Cola Azure OpenAI bilan «birgalikda tajriba» o‘tkazadi, deb xabar beradi Reuters.

Microsoft va OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan Azure OpenAI platformasi mijozlarga Microsoft'ning Azure bulutli hisoblash xizmatida ishlaydigan chatbotlar va boshqa sun’iy intellekt dasturlarini yaratish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!