Chuvalchanglarga nay va pianino chalgan olim

Chuvalchanglarga nay va pianino chalgan olim

Evolyusiya nazariyasini yaratgan olim Charlz Darvin  chuvalchanglarga nay va pianino chalib ularning eshitish qobiliyatini aniqlamoqchi bo‘lgan edi. Chuvalchanglar musiqa asboblaridan  ta’sirlanmaganini ko‘rib daftariga “Chuvalchangalar eshitish tuyg‘usidan mahrum” deb qayd etib qo‘ydi. Ba’zida tajriba tariqasida o‘rganilayotgan jonzotning holatiga ham boqqan ma’qul. Guldondagi tuproq ostida yotgan chuvalchang guldonning chekkasidan yuqoriga qarab nimani ko‘ra oladi? Charlz Darvinning shishgan yanoqlari bilan fago puflashinimi?

Darvin chuvalchangga oldinlari ham nay va pianino chalgan edi. U evolsiya nazariyasini yaratmoq uchun umrining qirq yildan oshig‘ini safrlagan bo‘lsa, shundan bir qancha muddatini  chuvalchanglarni o‘rganishga bag‘ishlagan edi. Olimning eng katta maqsadi chuvalchanglarning eshitish qobiliyati bor yoki yo‘qligini aniqlamoq edi. Chuvalchanglar hech qaysi musiqa asbobidan ta’sirlanmagan va Darvinning baqirishlariga ham beparvo bo‘lgan. Shundan keyin Darvin  1881 yilda “Chuvalchanglarning ekin tuprog‘ini shakllantirishi” kitobiga shu qaydni yozgan: “Chuvalchanglar eshitish qobiliyatidan mahrum”.

Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!