Chorvoqda dacha ijaraga beradiganlar ham soliq to‘lay boshladi

Chorvoqda dacha ijaraga beradiganlar ham soliq to‘lay boshladi

Bo‘stonliqdagi yozgi dam olish oromgohlarida soliqqa tortish bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borildi.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish, zahiralarini aniqlash hamda yozgi dam olish oromgohlarini va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni soliqqa tortish borasida amalga oshirilgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda.

Xususan: Mulkini ijaraga berib daromad olayotgan jismoniy shaxslarni deklarasiya asosida soliqqa tortish yo‘nalishi bo‘yicha:

– joriy yil boshidan shu kunga qadar olib borilgan tadbirlar natijasida jami 1305 nafar fuqaroga xonadonlarini, dala hovli, so‘ri (tapchan), soyabon, gidrosikl, katamaranlarini ijaraga berib topgan daromadi bo‘yicha dastlabki deklarasiya asosida 1693,6 mln.so‘m qo‘shimcha soliq hisoblangan bo‘lib 2018 yilga nisbatan 138 foizga o‘sgan (2018 yil davomida 1094 nafar fuqaroga 1227,2 mln.so‘m qo‘shimcha soliq hisoblangan).

Bu borada Bo‘stonliq tumanidagi yozgi dam olish oromgohlarini va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni soliqqa tortish borasida 69 ta xodimdan iborat 9 ta Ishchi-guruhlari tashkil etilib, mahalliy byujetlarning daromadlar bazasini kengaytirish, zahiralarini aniqlash tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan mavsum boshida olib borilgan tadbirlar natijasida jami 1224 nafar fuqaroga 1541,5 mln.so‘m qo‘shimcha soliq hisoblandi.

Chorvoq suv omborida (piramida) yozgi mavsumda dam olish uchun kelgan mehmonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha yozgi mavsum uchun 141,9 mln.so‘m deklarasiya asosida daromad solig‘i hisoblandi.

3) Xronometraj ko‘zdan kechirish tadbiri bo‘yicha:

-Bo‘stonliq tumanda yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan 75 ta dam olish oromgohlari, 6 ta sanatoriylar, 28 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda jami 2385 nafar aholi band bo‘lib, ularga joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida 10 mlrd 808 mln.so‘m oylik ish haqi hisoblangan, xizmatlar ko‘rsatishdan jami tushum 23 mlrd 991 mln.so‘mni tashkil qilgan.

Tumandagi dam olish maskanlari tomonidan Soliq kodeksi va qonun hujjatlariga muvofiq 74 ta holatda jami 12 mlrd 095 mln.so‘m soliq imtiyozlaridan foydalanilgan.

Masalan: “Oqtosh sanatoriyasi” MCHJ 2019 yil I-chorak faoliyati davomida 651,3 mln.so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘idan, «CHOTQOL» RM DUK 545,2 mln.so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘idan, “BELDERSOY OROMGOHI S.M” 164,0 mln.so‘m yer solig‘i uchun soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Yozgi mavsum munosabati bilan Bo‘stonliq tumani hududidagi dam olish maskanlarida dam olish uchun kelgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatayotgan 85 ta ho‘jalik yurituvchi sub’ektda o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish tadbiri natijasida kunlik savdo va xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushum 1 761,3 mln.so‘m ni tashkil etib bir kun oldingi kunga nisbatan 375,9 mln.so‘mga (bir kun oldingi kungi tushum 1 385,4 mln.so‘m) yoki 127,1 foizga o‘sganligi hamda norasmiy ishlayotgan ishchi xodimlar 179 nafarni tashkil etganligi aniqlandi.

Shuningdek, boshqarmaning 2019 yil 28 iyundagi 701-xs sonli buyrug‘iga asosan «FUNNY FRUIT COMPANY» MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shahobchasida 2019 yil 29-30 iyun va 1-2 iyul kunlari o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish tadbiri natijasida kunlik savdo tushumi o‘rtacha 4,9 mln.so‘mga (xronometraj ko‘zdan kechirish tadbiridan oldik kunlik savdo tushumi o‘rtacha 800,0 ming so‘mni tashkil etgan) yoki 676 foizga o‘sdi va 26 nafar norasmiy ishchi ishlatayotganligi aniqlandi.

«UGAM OROMGOHI» MCHJga qarashli dam olish maskanida 2019 yil 5-8 iyul kunlari o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish tadbiri natijasida kunlik savdo tushumi o‘rtacha 1,8 mln.so‘mga (xronometraj ko‘zdan kechirish tadbiridan oldik kunlik savdo tushumi o‘rtacha 7,8 mln.so‘mni tashkil etgan) yoki 123,0 foizga o‘sganligi aniqlandi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati bu borada «7news.uz»ga ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!