Departament taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston termasi sobiq murabbiyining o‘limi bo‘yicha ma’lumot berdi

Departament taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston termasi sobiq murabbiyining o‘limi bo‘yicha ma’lumot berdi

2021 yil 15 iyun kuni soat taxminan 04:00 larda 44 yoshli Janubiy Koreya Respublikasi fuqarosi Kim Dayeil (Kim Daeil) mast holatda, Chilonzor tumani Do‘mbrobod 4-tor ko‘chasida joylashgan uylarning birida bo‘la turib, shu yerda bo‘lgan 40 yoshli yurtdoshi K.J., bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida o‘tkir tig‘li jismni J.Kimga qarata otib, tan jarohat yetkazgan. Natijada K.J. tan jarohatlari bilan RSHTYOIMga olib borilgan.

Mazkur xolat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Kim Dayeil (Kim Daeil)ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

16 iyun kuni jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Shu kuni D.Kimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblov e’lon qilinib (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!