Chexiya qurol ishlab chiqaruvchisi Sellier & Bellot Kiyev bilan shartnoma tuzdi

Chexiya qurol ishlab chiqaruvchisi Sellier & Bellot Kiyev bilan shartnoma tuzdi

Ukraina davlat kompaniyasi «Ukroboronservis» Chexiyaning qurol ishlab chiqaruvchi Sellier & Bellot kompaniyasi bilan Ukrainada o‘q-dorilar ishlab chiqaruvchi zavod qurish uchun hamkorlik qiladi.

Bu haqda 16 iyul, seshanba kuni Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Praga ham Ukrainada Colt CZ Group miltiqlarini ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi.

Ikkala kelishuv ham Shmigalning Pragaga tashrifi chog‘ida imzolangan. Ukraina hukumati rahbari ta’kidlaganidek, uning safari masalalari orasida o‘q-dorilar yetkazib berish, YEI va NATOga integrasiya, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalari, infratuzilma va energetika kiradi.

13 iyul kuni Chexiya prezidenti Petr Pavel yoz oxirigacha Praga Kiyevga 50 mingta artilleriya o‘qlari yetkazib berishini ma’lum qildi. Chexiya Rossiyaning keng miqyosli harbiy bosqiniga qarshi Ukrainaga faol yordam berayotgan davlatlar qatoriga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!