Buxoroda “Transport agentligi”ning “uddaburon” xodimlari qo‘lga tushdi

Buxoroda “Transport agentligi”ning “uddaburon” xodimlari qo‘lga tushdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudida O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari Majidov Ramazon Abdurazzoqovich hamda Ahadov Umid Farhodovichlarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, ularga nisbatan ushbu hukm bilan tegishli jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi Majidov Ramazon Abdurazzoqovich 1-toifali inspektor, Ahadov Umid Farhodovichlar yetakchi mutaxassis lavozimlarida ishlab kelib, o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda pora olish jinoyatini sodir qilgan.

Jumladan, R.Majidov “Neksiya” rusumli avtomashina bilan noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan haydovchini aniqlab, unga nisbatan sodir qilingan hodisa haqidagi dalolatnomani to‘ldirib, noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirishni rejalashtirib, jinoiy sherigi U.Ahadov vositachiligida, haydovchiga nisbatan tuzilgan dalolatnomani yo‘qotib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirmaslik va javobgarlikka tortilmasligini ta’minlashni va huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda olib qo‘yilgan boshqaruvidagi avtomashina texpasportini unga qaytarishni va’da qilib, buning evaziga qonunga xilof ravishda 100 AQSh dollari olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.

Sud majlisida sudlanuvchilarning aybiga iqrorligi, sodir qilgan jinoyatidan pushaymonligi, oilaviy sharoiti, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandi borligi va ijtimoiy ahvoli inobatga olingan holda, ularga nisbatan Jinoyat kodeksi modda sanksiyasi doirasida tegishli jazo tayinlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!