Buxoroda erkak xotiniga pichoq urdi. Ayol komada

Buxoroda erkak xotiniga pichoq urdi. Ayol komada

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro xotinini pichoqlab, uning joniga qasd qilish jinoyatini sodir etdi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 11 may kuni soat 20:30 da Qorako‘l tumanidagi «Regi Haydar« mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 48 yoshli fuqaro SH.I. turmush o‘rtog‘i P.N. bilan oilaviy kelishmovchilik sabab tortishib qolgan. Xonadon oshxonasida davom etgan tortishuv janjalga aylangan. SH.I. jahl va g‘azabga berilib, turmush o‘rtog‘iga oshxona pichog‘i bilan tahdid qilgan va uning hayoti uchun muhim bo‘lgan tana a’zolariga ikki marotaba zarb bilan urgan. Er o‘z xatti-harakatini yana davom ettirmoqchi bo‘lganda hodisa joyida bo‘lgan o‘g‘li va kelinining faol qarshiligiga duch kelgan. Ayol og‘ir ahvolda tuman markaziy kasalxonasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Bildirilishicha, fuqaro P.N. ayni paytda hushiga kelgan va sog‘lig‘i tiklanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 97-moddasining 1-qismi bilan (qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi qo‘llanilib, ushlangan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Ushbu jinoyat ishi 14 may kuni viloyat IIB boshlig‘i Shuhrat Aliyev hamda tuman mutasaddi rahbarlari tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi. Muhokama jarayonida ushbu mahallada huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida mahalla mutasaddilari va huquq-profilaktika inspektorlarining kamchiliklari tanqid qilindi», — deydi Shuhrat Jalolov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!