Buxoroda 67 mln so‘mlik talonchilik sodir bo‘ldi

Buxoroda 67 mln so‘mlik talonchilik sodir bo‘ldi

Buxoro tumanida 3 dekabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs “Xonobod” MFYda yashovchi A.I.ning uyiga deraza oynasi orqali kirib, xonasidagi shkafidan umumiy qiymati 67 mln. 300 ming so‘m bo‘lgan 16 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Galaosiyo shahri Galaosiyo ko‘chasida yashovchi M.N. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!