Bo‘rijar kanalidan noma’lum erkak jasadi topildi

Bo‘rijar kanalidan noma’lum erkak jasadi topildi

Bugun, 9 avgust kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalidan noma’lum erkak kishining jasadi topildi.

Ma’lum bo‘lishicha, murda anhor bo‘ylab oqib kelgan, suv atrofida bo‘lgan kishilar uni ko‘rib qolgan. Ayni vaqtda hodisa joyiga IIV va FVV xodimlari yetib kelib, surishtiruv ishlarini boshladi. Murdaning shaxsiga aniqlik kiritilmagan.

Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!