Bo‘lajak haydovchilar uchun sharoitlar yetarli bo‘lsa...

Bo‘lajak haydovchilar uchun sharoitlar yetarli bo‘lsa...

Payariq tuman avtomotovaskorlar jamiyatida “V” va “VS” toifasida haydovchilar tayyorlanadi. Bo‘lajak haydovchilarni kasbga tayyorlash uchun bu yerda hamma sharoitlapr mavjud. Texnika vositalari yengil va yuk mashinalari yetarli. O‘qituvchilar, usta-o‘rgatuvchilar o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondoshishadi.

Jamiyat raisi Yorqin Qosimov amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan ishlar xususida gapirib berdi.

— Maktablarda, bolalar bog‘chalarida yo‘l harakati bo‘yicha targ‘ibot, tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yganmiz, - deydi u. –Ko‘pgina tadbirlarni tuman ichki ishlar bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan birgalikda tashkil etayapmiz. Foydalanayotgan yengil mashinalarimiz o‘zimizning O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan texnikalar.Yaqinda ularning yangi rusumdagilaridan olishni rejalashtirayapmiz.

Bo‘lajak haydovchilar uchun sharoitlar yetarli bo‘lsa...

Jamiyat avtomaktabida bo‘lajak haydovchilarga nafaqat avtomashina boshqarish o‘rgatiladi. Doimiy ravishda ularga haydovchilik madaniyati, ma’naviyati, mas’uliyati qanday bo‘lishi haqida uqtirib boriladi. Jamiyat raisi Yorqin Qosimov shu sohada salkam o‘ttiz yillik tajribaga ega. Uning rahbarligi va tashkilotchiligida eng muhim vazifalarning vaqtida bajarilayotgani e’tiborlidir.

Alimardon XUDOYQULOV

,


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!