Bugun xaridlardan voz kechish xalqaro kuni

 Bugun xaridlardan voz kechish xalqaro kuni

Dunyoning aksariyat rivojlangan mamlakatlarida 27 noyabr Xaridlardan voz kechish xalqaro kuni sifatida nishonlanadi. 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisining atigi 20 foizi rivojlangan mamlakatlarda istiqomat qiladi, biroq ular sayyoramizdagi tabiiy resurlarning 80 foizidan foydalanadi. Yer yuzidagi tabiiy boyliklarning bu tarzdagi adolatsiz taqsimoti atrof-muhitga ham jiddiy ziyon yetkazmoqda. 

1992 yilda amerikalik jurnalist Kalle Lasn aholini ortiqcha xarid, isrofgarchilikdan cheklash maqsadida ushbu sanani nishonlash taklifini ilgari surgan. 2001 yilga kelibgina bu aksiya dunyo miqyosida keng tus olgan. 

Aksiya shartiga ko‘ra, Yer yuzida tinchlik va tenglikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida bir kun har qanday xaridlardan voz kechish talab qilinadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!