Bugun DXX 1 tonnadan ortiq narkotik moddalarni yoqadi

Bugun DXX 1 tonnadan ortiq narkotik moddalarni yoqadi

Davlat xavfsizlik xizmati bugun 1 tonnadan ortiq (1028 kg) narkotik moddalar yoqishga tayyorladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

"Ular orasida  7,7 kg geroin, 195 kg opiy, 56 kg gashish, 557 marixuana, 130 kg  ko‘knor, 81 kg kanabis va 263 gr sintetik narkotiklar bor", - deyilgan xabarda.

Dunyoning narkotik yetishtiruvchi eng yirik marakazlaridan biri bo‘lgan Afg‘oniston bilan chegaradoshlik O‘zbekistondagi narkovaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro statistikaga ko‘ra2018 yilda Afg‘onistonda 263 ming gektar maydonda 6400 tonna ko‘knor yetishtirilgan.

O‘zbekistonda 2018 yilda giyohvandlik moddalari aylanishi bilan bog‘lik bo‘lgan 4779ta jinoyat ochildi. Ulardan 1626 tasi narkotik moddalarni sotish, 171tasi kontrabanda, 1238tasi giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirish va 66tasi bangixonalar tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlardir. 1678 tasi narkotik moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa jinoyatlardir.

Ushbu jinoyatlarni fosh qilishda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan 4530ta jinoyat, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan 181ta jinoyat, DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan – 70ta jinoyat hamda va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 229ta jinoyatlar fosh qilindi.

Respublikadagi narkotiklar bilan bog‘liq umumiy vaziyatga nazar solganda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etish yildan yilgan kamayib borayotganini kuzatish mumkin. Xususan, narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar soni 5429tadan (2017 yilda) 4779tacha kamaygan. Shuningdek dispanser ro‘yxatiga olingan narkotik moddalar iste’mol qiluvchilar soni 8036tadan 6142 kishiga kamaygan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!