Bu yilgi “shakar vasvasasi” ham navbatdagi mavsumiy manipulyasiya(mi?)

Bu yilgi “shakar vasvasasi” ham navbatdagi mavsumiy manipulyasiya(mi?)

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2024 yil 31 avgustgacha Rossiya tomonidan shakar eksportiga taqiq joriy etilgani va O‘zbekiston ichki bozorida shakar narxining qimmatlashgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Aslida O‘zbekiston aholisining shakarga bo‘lgan iste’moli Rossiya shakariga bog‘liq emas.

Buni quyidagi raqamlar ham isbotlaydi.

O‘zbekistonda shakarga bo‘lgan yillik talab o‘rtacha 650 - 700 ming tonnani tashkil etadi.

Respublikamizda mavjud ikkita – “Angren shakar” va “Xorazm shakar” MCHJlarining yillik ishlab chiqarish quvvati 1,2 million tonna. Bu mahalliy shakar ishlab chiqaruvchilarimizning o‘zi ichki bozorni to‘liq qondirishga yetarli degani.

Shuningdek, xomashyo ham asosan, Braziliya va Hindistondan import qilinishini hisobga olsak, Rossiya tomonidan shakar eksportiga qo‘yilgan cheklov O‘zbekiston ichki bozoridagi mahsulotga mutlaqo ta’sir qilmaydi.

Birjadagi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni kunda ikkita zavod tomonidan birjaga har kuni 2 100 tonna mahsulot chiqarilayotgan bo‘lib, uning o‘rtacha 300 tonnasi sotilmoqda ekan.

Shakar ishlab chiqaruvchi korxonalar ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda 4 oyga yetadigan shakar xomashyosi zaxirasi mavjud. Braziliyadan zaxira xomashyo olib kelishga ham shartnoma qilingan.

Mahsulot narxiga keladigan bo‘lsak, Roqobat qo‘mitasinng ma’lumotiga ko‘ra, 16 apreldan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan birja savdolariga qo‘yiladigan shakar mahsulotining kunlik hajmi 20 foizga (2 100 tonnadan – 2 500 tonnaga) oshirilgan.

Boshlang‘ich narxi ham 6 foizga (13 600 so‘mdan – 12 860 so‘mga) pasaytirilgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!