Mask kutilmaganda Xitoyga tashrif buyurdi

Mask kutilmaganda Xitoyga tashrif buyurdi

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask bugun Xitoyga tashrif buyurdi.

Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Agentlikning ta’kidlashicha, Tesla bosh direktorining «elektr avtomobil ishlab chiqaruvchi ikkinchi yirik bozor»ga tashrifi oldindan rejalashtirilmagan. Mask Xitoyning yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashib, mamlakatga to‘liq avtonom avtomobillar uchun dasturiy ta’minot olib kelish masalasini ko‘rib chiqmoqchi.

Bundan tashqari, tadbirkor Xitoyda to‘plangan ma’lumotlarni xorijga o‘tkazish uchun ruxsat olishni ko‘rib chiqmoqda. Bu avtonom haydash algoritmlarini o‘rgatish uchun zarur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!