Bu yil 1-sinfga qabul qanday bo‘lyapti?

Bu yil 1-sinfga qabul qanday bo‘lyapti?

Shu kunlarda bolalarni maktablarning 1-sinfiga qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, 1-sinfga 6-7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi (musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bundan mustasno).

Qabul ishlari iyun — avgust oylarida tashkil etiladi.

Bolaning ota-onasi quyidagi hujjatlarni topshiradi:
— ariza;
— ota-onaning pasporti nusxasi;
— bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
— bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
— bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.

Joriy yilda maktablarning 1-sinfiga o‘quvchilar qabuli 31 iyulga qadar maktab biriktirilgan mikrohudud doirasida amalga oshirildi.

Mikrohudud doirasidan tashqarida esa  joriy yilning 25 avgustiga qadar qabul amalga oshiriladi.

Pandemiya sharoitida 1-sinfga qabul jarayonida insonlarning bir joyda to‘planib qolishi va ortiqcha sarsongarchiliklarni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahrida tajriba tariqasida navbatga yozilish jarayonini onlayn tarzda www.qabul.maktab.uz veb-portali orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!