Bu qiziq! Usmoniylar davridagi Ramazon an’analari

Bu qiziq! Usmoniylar davridagi Ramazon an’analari

O‘n bir oyning sultoni Ramazoni sharif Usmoniylar davrida hayajon bilan orziqib kutilgan. Ramazon hilolini mujdalagan xabarchilarga tilla baxshishlar berilardi.

Qarz daftardagi ismlar o‘chirilardi

Usmoniylar davrida boy insonlar notanish hududlarga borib baqqol va savdogarlar, tegirmonchilar, kosiblarning do‘koniga kirar, ulardan qarz daftarini so‘rashardi. Imkoni yetganicha qarz daftarda nomi yozilganlarning qarzini o‘chirib, pulini to‘lab chiqib ketardi. Qarzi to‘langan odam kim qarzini uzganini, qarzni to‘lagan odam kimning qarzini to‘laganini bilmasdi.

Uzoq ta’tillar uch oylarda bo‘lardi

Hamma ishni yig‘ishtirib dam olish Ramazon an’analaridan edi. Usmoniylar davlatida madrasalarda uzoq ta’tillar Uch oylarda berilardi. Bu ta’tillardan tanlab olingan talabalar ham bilimini oshirish, hamda diniy masalalarda xalqqa yordam berish uchun imperatorlikning turli hududlariga jo‘natilardi. Madrasa talabalarining bu sayohati bugungi kundagi Universitet talabalarining amaliyot o‘tashlariga o‘xshab ketadi.

Iftor paytlarida eshiklar ochiq turardi

Usmoniylar davrida Ramazon oyida xalq do‘stu hamrohiga iftorlik dasturxoni hozirlashni katta ibodat sifatida qabul qilar, mehmon qarshilashni intiq bo‘lib istardi. Ramazon bo‘yi xonadon eshiklari ochiq turardi. Shu tarzda yo‘lda qolgan va muhtoj bo‘lgan har qanday kishi xohlagan uyiga kirar va iftor dasturxoniga qo‘shilardi. Buning uchun tanish bo‘lishi shart emas va iftorlikka kelganning kimligi aslo so‘ralmasdi.

Arafa chechagi

Usmoniylar davrida hayitlarning bilxossa bolalar uchun alohida o‘rni bo‘lgan. Hayitligi bilan ko‘chada kezgan bolalarga Arafa chechaklari deyilardi. Usmoniylardan qolgan Arafa chechagi atamasi hayitdan bir necha kun oldin xarid qilingan hayitlik yangi liboslarni sabrsizlanib arafa kuni kiyib aylanib yurgan bolajonlarga nisbatan aytilgan.

Umida Adizova tayyorladi

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!