Bozor ichidagi mozor. Yetti pirlardan birining qabri vayronaga aylanish arafasida

Bozor ichidagi mozor. Yetti pirlardan birining qabri vayronaga aylanish arafasida

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi Do‘rmoncha qishlog‘ida joylashgan bozor ichidagi mozorda keksalarning ta’kidlashicha, yetti pirlardan birining qabri vayronaga aylanish arafasida, deydi korrespondent muxbiri Muhammadsaid Xoldorov. Balki, bozor rahbariyati tomonidan qabr atrofini chiroyli maskanga, ziyoratgohga aylantirish mumkindir, degan o‘y ko‘pchilikni ko‘nglidan o‘tadi. Bozor yaqinidagi Muqimiy mahallasida qariyb 52 yildan buyon istiqomat qilayotgan Cho‘lponoy aya bilan suhbatlashdik.

Yetti pirlarning biri Changalmozor buva bozorni ichidagi qabr yonida Xizr buva kabi ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Ukalari Ismoil, Qiyiq, Suhmozor, Mavlono pirim bo‘lgan. Xo‘ja buva uning akasi, bizdan chamasi 5 km. uzoqlikdagi qabristonda qo‘nim topgan. U yerlar obod etilib, masjid ham qurilgan. Ming afsuski, bizda bozor rastalari tobora qabrga yaqinlashib boryapti. Avval o‘ralgan edi, hozir ochib qo‘yilgan. Bolalar qabrni minib o‘ynashadi , deydi onaxon.

Darhaqiqat, bozor rastalari qabrning to‘rt tarafida joylashgan. Barcha oldi-sotdi dardida, pirning qabri esa hamon e’tibordan chetda qolmoqda.

Ushbu bozor haftaning seshanba va shanba kunlari ishlaydi. Sotuvchilarning aytishicha, chek berilmasada joy uchun 5-6 ming so‘mdan pul olinadi. Bozorda bunyodkorlik ishlari haqida o‘ylab ham ko‘rilmagan, desak xato bo‘lmaydi. Aholini aytishicha, bozor rahbariyati mazkur holatga e’tiborsizlik bilan qarab kelmoqda.

Aholini so‘zlariga ko‘ra, bozorda oldi-sotdi arzon, shu sababli mustaqillikning dastlabki yillarida ikki uch do‘kondan iborat bo‘lgan bu joy, hozirda gavjud bozorlardan biriga aylangan.

Bozorning qarama-qarshisida yana bir eski qabriston bor. U ham obodonlashtirishga muhtoj. Bozor va mozor orasidagi yo‘l(agar yo‘l deb bo‘lsa) juda tor, ayniqsa, seshanba va shanba kunlari katta tirbandlik yuzaga keladi.

Ko‘pchilik pir qabriga kelib, is chiqarib, ziyorat qiladi. Bozor ichidagi mozorni obod maskanga aylanishida umid qilyapmiz , deydi Cho‘lponoy aya.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!