Bosh prokuror o‘rinbosari Surxondaryo viloyatida bo‘ldi

Bosh prokuror o‘rinbosari Surxondaryo viloyatida bo‘ldi

Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov tomonidan qurilishga oid davlat dasturlari, byudjet xarajatlarini optimallashtirish borasida berilgan topshiriqlar ijrosi Surxondaryo viloyatida o‘rganildi.

O‘rganishda, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobiga quriladigan ob’ektlarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilishi, qurilish ishlari o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-140,
141-sonli Qarorlari ijrosi bo‘yicha Islom taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablag‘lari hisobiga Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod, Angor, Muzrabot va Termiz tumanlarida ijtimoiy soha, elektr, kanalizasiya, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, o‘rmon landshaftlarini yaratish bo‘yicha ob’ektlar texnik-iqtisodiy asoslarining ishlab chiqilishi ahvoli o‘rganildi.

Shuningdek, 12 ta vazirlik va idoralarning mas’ullari tomonidan byudjet xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, hududlarda esa “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganilib, davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, bu borada amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida zarur tavsiya va tushunchalar
berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!