Bolalarni namozga o‘rgatishning noan’anaviy usulini o‘ylab topishdi

Bolalarni namozga o‘rgatishning noan’anaviy usulini o‘ylab topishdi

Misrliklar yosh avlodni namozga va masjidga o‘rgatishning ajoyib usulini o‘ylab topishdi. Ushbu g‘oya tashabbuskori al-Bexeyra okrugidagi Damanxur shahri Nosir masjididir.Bu haqida muxlis.uz yozmoqda.

“Al Bawaba” nashrining ma’lum qilishicha, mazkur masjid imomi 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘ziga xos bellashuv tashkil qilgan. Bunga ko‘ra, 40 kun davomida bomdod namoziga doimiy qatnagan bolaga 55 AQSh dollari miqdorida mukofot puli beriladi.

Imom Muhammad Alamning so‘zlariga qaraganda, mazkur g‘oya masjid namozxonlarining biridan chiqqan bo‘lib, u ushbu bellashuv uchun xayriya mablag‘i ajratgan.

Ta’kidlash joizki, shahar aholisi mazkur tadbirni olqishlar bilan kutib olishdi va ushbu mukofotlash tadbiri bolalarning kelajakda masjidga mehr qo‘yishlariga sabab bo‘lishi mumkinligiga umid qilishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!