BMT Bosh kotibi 30 iyun - 1 iyul kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

BMT Bosh kotibi 30 iyun - 1 iyul kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 30 iyun - 1 iyul kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi

Oliy martabali mehmonning tashrifi doirasida Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan O‘zbekistonning BMT va uning institutlari bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari, shuningdek, global siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari o‘rin olgan. Mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Tashrif davomida BMT Bosh kotibi qator sanoat va ijtimoiy soha ob’ektlarini ham borib ko‘radi, ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazadi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!