Bishkek shahrida portlash sodir bo‘ldi

Bishkek shahrida portlash sodir bo‘ldi

Bishkekdagi Isanov ko‘chasi Risqulov ko‘chasi bilan kesishgan joyda portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar va yaralanganlar yo‘q. Sapyorlar voqea joyini ko‘zdan kechirmoqda.

Bishkek IIBB rossiyalik tadbirkor Aleksandr Gaydukovga suiqasd bo‘lganiga oid versiyani tasdiqlamadi.

Portlash 10 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 11 dan o‘tganda, rossiyalik tadbirkor bir uyning zinasidan ko‘tarilayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Ba’zi mahalliy nashrlarning yozishicha, Aleksandr Gaydukov Qirg‘izistondagi bir necha kompaniyaning ta’sischisidir.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!