Bill Geyts koronavirusga qarshi davo qachon paydo bo‘lishi ma’lum qildi

Bill Geyts koronavirusga qarshi davo qachon paydo bo‘lishi ma’lum qildi

Dunyoda koronavirus epidemiyasi bu yil oxiriga kelib infeksiyaning mavsumiyligi sababli kuchayadi, ammo 2021 yil boshida vaziyat yaxshilanadi.

Bunday fikrni Microsoft korporasiyasi rahbari Bill Geyts “GeekWire Summit” virtual konferensiyasida aytib o‘tdi.

"Yaxshi xabar ham bor. Unga ko‘ra, shu yilning oxiriga yoki kelgusi yil boshiga kelib, samaraliroq davolash usullari, birinchi navbatda, monoklonal antitanachalar paydo bo‘lishi boshlanadi", dedi u.

Uning izohlashicha, monoklonal antitanachalar immun hujayralar - leykotsitlarni klonlash orqali hosil bo‘ladi. Ushbu antitanacha, ayniqsa, patogen zarralaridagi aniq joylarni maqsad qilib oladi.

“Monoklonal antitanachalar bilan eksperimental davolanish usulini yaqindagina ushbu virusni yuqtirib olganAQSh prezidenti Donald Tramp o‘zida sinab ko‘rdi”, demoqda Microsoft rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yil boshlariga kelib, hozirda sinovlarning so‘nggi bosqichida bo‘lgan dastlabki oltita monoklonal dorilarning ikki-uchtasi "tasdiqlanishi mumkin".

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!