Bevaqt o‘limning yangi alomatini aniqlandi

Bevaqt o‘limning yangi alomatini aniqlandi

AQShdagi Garvard tibbiyot maktabi olimlarining o‘rganishicha, demensiya va epilepsiya bilan bog‘liq miyadagi neyronlarning ortiqcha faolligi qarish hamda bevaqt hayotdan ko‘z yumishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qildi.

Tadqiqotchilar 60 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lgan odamlarning miya to‘qimalaridagi genlarni tahlil qilishdi. Buni qarangki, 60 – 80 yoshlarda vafot etganlarga nisbatan uzoq umr ko‘rgan odamlarda asabiy hayajonlanish bilan bog‘liq genlar faolligi sustroq kechgan. DNK faolligi genlar ekspressiyasi chog‘ida sintezlanadigan RNK-molekulalar — transkriptlar soniga ko‘ra hisoblangan.

Nematod va genetik modifikasiyalangan sichqonlar ustida o‘tkazilgan qo‘shimcha tajribalar, shuningdek, uzoq umr ko‘ruvchilarning miya to‘qimalari tahlili asabiy hayajonlanish bilan umr ko‘rish darajasi o‘rtasidagi o‘zgarishlarni namoyish etdi. Bunda «REST» oqsili hal qiluvchi rol o‘ynaydi. U neyronlarning ortiqcha faolligini bosadi. Ushbu oqsilni bloklash erta o‘lim xavfini oshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!